Foto: Teznews
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali 52 yoshli fuqaro Facebook tarmogʻida unga tuhmat qilib, haqorat qilgan shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Ushbu holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida olingan ekspertiza xulosasiga koʻra, fuqaroga nisbatan aytilgan audioyozuvlarda haqoratli soʻzlar mavjudligi aniqlangan.
Ayblanuvchining harakatlarida JKning 139-moddasi 2-qismi (tuxmat) va 140-moddasi 2-qismida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli gumon qilinuvchi sifatida tergovga jalb qilingan.
Jinoyat ishi doirasida ayblanuvchining ruhiy holatini tekshirish maqsadida unga nisbatan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Sud ajrimiga asosan gumon qilinuvchi tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
"Tergov jarayonida barcha protsessual talablarga toʻliq rioya etilib, gumonlanuvchining advokati tergov jarayonida ishtirok etishi uchun hech qanday moneliklar yoʻqligini maʼlum qilamiz. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda", deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling