Janubiy Koreyada o'zbekistonlik talaba besh nafar boshlang'ich sinf o'quvchisini urib yubordi — video

Avariya oqibatida oʻquvchilarning toʻrt nafari ogʻir shikastlanib, shifoxonaga yotqizilgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Janubiy Koreyaning Chuncheon-Namdo provinsiyasida oʻzbekistonlik 25 yoshli talaba mashinada besh nafar boshlangʻich sinf oʻquvchilarini urib yubordi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, voqea 25-oktyabr kuni sodir boʻlgan. Ikki qatorli yoʻlda katta tezlik bilan kelayotgan mashina yoʻlning qarama-qarshi qismiga oʻtib ketgan va yoʻlni kesib oʻtmoqchi boʻlgan besh nafar oʻquvchini urib yuborgan.

Ushbu YTH oqibatida oʻquvchilarning toʻrt nafari ogʻir shikastlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Bir nafar oʻquvchi esa yengil darajada shikastlangan.

Ushbu holat oqibatida oʻzbekistonlik talaba hibsga olinib, unda giyohvandlik moddalari isteʼmol qilgan yoki qilmaganini aniqlovchi test oʻtkazilgan. Test natijalariga koʻra, yigit giyohvand moddalari isteʼmol qilmaganligi aniqlangan. Politsiya avariya vaqtida yigit uxlab qolgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling