Foto: Tez News
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida IIB xodimi xizmat quroli bilan oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 26-noyabr kuni Yangiariq tumani IIB binosida sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, xodim oʻziga biriktirilgan “PM” pistoleti bilan oʻzining bosh qismiga oʻq uzishi oqibatida vafot etgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, xodimning oʻz joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab boʻlgan.
Holat yuzasidan Yangiariq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Xabarga koʻra, tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling