Foto: Jizzax Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Qozog'iston hududidan O'zbekistonga sovuq havo iqlimi kirib kelishi aytilgan edi. Jizzax viloyatining Zomin davlat qo'riqxonasida 19-oktyabr kuni birinchi qor yog'di. Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
O'zbekistonning aksariyat joylarida kuz o'z ko'rinishini namoyon qilib turgan va bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ayotgan bir paytda baland tog‘li hududlarda qorning yoqqani ham kuzatilmoqda.
Foto: Jizzax Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Jumladan, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Zomin" davlat qo‘riqxonasi hududidagi tog‘lariga ham qor yog‘ib, cho‘qqilar oqlikka burkanmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyatida ham qor yog'ayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling