Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon mashinasozlik instituti talabasi institut binosida o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shasutdinov ushbu ma'lumotni tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Andijon mashinasozlik instituti Logistika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi 5-avgust kuni talabalar yotoqxonasiga bir o‘zi kelib, tunab qolgan. Ertasiga, ya’ni 6-avgust kuni soat 09:30 larda yotoqxona hojatxonasi eshigiga kabel simidan sirtmoq yasab, o‘zini osib, joniga qasd qilgan. O‘lim sababini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy hamda sud-biologik ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling