Toshkent shahar hokimiyati o'qituvchilar uchun 1,2 mlrd so'mdan ko'proqqa komplekt forma xarid qilgani aytilmoqda

Maktab o‘qituvchilari uchun davlat miqyosida belgilangan va tasdiqlangan yagona majburiy forma turi mavjud emas

Foto: Xabar.uz

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimiyatining tegishli qarori asosida 1,2 mlrd so'mdan ko'proqqa 1 200 nafar maktab o‘qituvchilariga  yagona maktab formasi olish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ ajratilgani xususidagi xabar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Qarorga ko'ra, har bir komplekt ko'ylak, yupka, galstuk, jaket va yubkani o'z ichiga oladi.

Shuningdek, tenderda ikkita firma o'zaro raqobat qilgan: "ООО AGRO Inovation Biznes" va "DET KO MCHJ". Unda 1 200 nafar forma komplekti uchun jami 1mlrd 215 mln so'm taklif bilan chiqqan "Agro Innovation Biznes" yutib chiqqan.

Xalq ta'limi vazirligiga ko'ra, maktab o‘qituvchilari uchun davlat miqyosida belgilangan va tasdiqlangan yagona majburiy forma turi mavjud emas.

Xalq ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, tizim xodimlarning ichki tartib va odob-axloq qoidalari belgilangan. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar maktab darajasida belgilangan dress-kod talablariga rioya qilishlari zarur.

Hozircha Toshkent shahar hokimiyati ushbu qaror bo'yicha tushuntirish bermagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling