Qozog'istonda 14 ta yuk vagoni relsdan chiqib ketdi — video

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻq

Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati yaqinida 14 ta yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi. Bu haqda "Qozogʻiston temir yoʻli” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“17-noyabr kuni soat 06:15 da Qaragʻanda viloyatining Qaragʻanda-Sortirovochnaya-Akadir uchastkasining Qarabas – OP 767 yoʻlida 14 ta vagon yuk poyezdida relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻq”, – deyiladi xabarda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, relsdan chiqib ketish xususiy mulkdorlarga tegishli vagonlarning nosozligi tufayli sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, sodir boʻlgan voqea holatlari va sabablarini oʻrganish uchun maxsus komissiya tuzilgan.

Voqea joyida yoʻlovchi va yuk poyezdlarining harakati toʻxtatilgan. Vagonlarning relsdan chiqib ketishi oqibatlarini bartaraf etishda Qaragʻanda, Janaarka, Ostona stansiyalarining uchta tiklash poyezdi ishtirok etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling