Endi qonunlarga o‘zgartirish kiritilayotganda buning sababini tushuntiruvchi muqaddima bo‘ladi

Qonunga o'zgartirish kiritilayotganda asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mohiyati ko‘rsatilishi kerak

Foto: Uzrepost.news

Foto: Uzrepost.news

O'zbekistonda islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida aksariyat qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama qonunning nomi, muqaddimasi, har bir moddasi bo‘yicha alohida-alohida o‘tkaziladi.

Shuningdek, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonun bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlarga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiga qo‘shimchalar kiritilgan.

Jumladan, qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonunosti hujjati loyihasining nomida mazkur loyiha bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mohiyati ko‘rsatilishi kerak.

Endilikda qonunlarga o'zgartirish kiritilayotganda normativ-huquqiy hujjatning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddima bo‘ladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling