Toshkentdagi xususiy bog'chalarning birida yong'in sodir bo'ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq

Foto: FVV<br>

Foto: FVV

Toshkent shahrida joylashgan xususiy bogʻchalarning birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 3-dekabr kuni soat 02:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Jarariq” MFY Jarariq koʻchasida joylashgan xususiy bogʻchada yongʻin kelib chiqqanligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:03 yetib borgan va yongʻin soat 02:30 da qurshab olinib, soat 02:46 da bartaraf etilgan.

Maʼlum qilinishicha, yongʻin natijasida bino 2-qavatining 200 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yongʻindan binoning 300 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling