Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida sodir boʻlgani va uning oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 5-dekabr soat 20:08 da Yangihayot tuman IIO FMB Navbatchilik qismiga Yangihayot tumani, Yoʻldosh-6 dahasi 25-uyda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Mazkur hodisa sabab ushbu uyning 11-xonadonida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaro vafot etgani aniqlangan.
Yoʻldosh-6 dahasidagi 25-uy 2-qavatdan, 2 ta yoʻlak va 12 ta xonadondan iborat boʻlib, ushbu uyning umumiy maydoni 300 metr kvadratni tashkil etadi, yongʻin natijasida uning 80 metr kvadrat maydoni yongʻindan shikast koʻrgan.
Xabarga koʻra, hodisa sodir sodir boʻlgan joyga FVV Yongʻin xavfsizligi xodimlari yetib kelib oʻz vaqtida yongʻin oʻchirilgan. Yongʻin sodir boʻlgan vaqtda ushbu uyda istiqomat qiluvchi 9 nafar fuqaro oʻz vaqtida evakuatsiya qilingan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin natijasida shikast yetkazilgan xonadon egalari vaqtinchalik Toshkent indeks savdo majmuasidagi yotoqxonaga joylashtirilgan.
Hozirda sodir boʻlgan yongʻinni kelib chiqishi va shu bilan bogʻliq boshqa holatlarni oʻrganish borasida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling