Foto: Vesti.az
Qatardagi jahon chempionatini yoritgan “Al Kass” telekanalining fotomuxbiri Xolid al-Mislom vafot etdi. Bu haqda Gulf Times nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hozircha oʻlim sabablari aniqlanmagan.
Bu Qatardagi jahon chempionatida OAV xodimining birinchi oʻlimi emas.
Avvalroq, yana bir jurnalist, CBS telekanalining amerikalik xodimi, “Bekxem eksperimenti” kitobi muallifi Grant Uol Qatarda 10-dekabr kuni yakunlangan Gollandiya va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionatining chorak final uchrashuvi vaqtida vafot etgan edi.
Bu haqda uning akasi ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilgan. Shuningdek, jurnalistning oʻlimini AQSH futbol federatsiyasi ham tasdiqlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling