Foto: Xalq so'zi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida qorin og'rig'i bilan shifoxonaga kelgan bir yoshli bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 3-sentyabr kuni Shahrixon tuman "Qumtepa" ko'chasida yashovchi voyaga yetmagan fuqaro mazkur tumandagi xususiy shifoxonalardan birida tibbiy muolajalarni qabul qilish davrida sog'ligi yomonlashib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman prokratirasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari Shahrixon tuman prokraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling