FVV "Ilhom" teatrida sodir bo'lgan yong'in yuzasidan qo'shimcha ma'lumot berdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq

Foto: Tez News

Foto: Tez News

Toshkentdagi “Ilhom” teatrining koʻrgazmalar zalida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 12-dekabr kuni soat soat 03:34 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oʻrda” MFY Paxtakor koʻchasida joylashgan “Ilhom” teatri binosida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 03:39 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:00 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida teatr binosining 1-qavat xollining 80 kv.m maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli yongʻindan binoning 600 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling