Foto: 78.ru
Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida sodir boʻlgan yongʻinda Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda “Peterburg2.ru” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yongʻin 15-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 04:00 atrofida sodir boʻlgan. Yongʻin maydoni 300 kvadrat metrni tashkil qilgan, mebel ishlab chiqarish ustaxonasida joylashgan angar yonib ketgan. Qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib kelgan va 06:45 larda yongʻin oʻchirilgan.
Sodir boʻlgan hodisa oqibatida 50 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan. Hozirda yongʻin kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling