Chilonzorda qurilishni to'xtatib qolgan inspektorga televizor sovg'a qilindi

Mahalla nozirining bu harakatlari tuman hokimligi, aholi hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi

Foto: Chilonzor tuman hokimligi

Foto: Chilonzor tuman hokimligi

Quruvchiga qarshi kurashda «Ko‘tarma» mahallasi aholisi tarafini olgan profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi tomonidan televizor bilan taqdirlandi.

Avvalroq, inspektor Chilonzor tumani 10-mavzedagi 1, 3, 9 va 39-uylar aholisi to‘qqiz qavatli turar-joy qurilishi rejalashtirilgan daraxtzorni himoya qilishga muvaffaq bo‘lgan edi. Mojaro ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Vaziyatga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham munosabat bildirdi.

Internetda tarqalgan videoda u quruvchi-tadbirkordan qurilishning qonuniy asoslarini so‘raydi va ishni to‘xtatishni talab qiladi. Maydonni aholidan tashqari asrab-avaylashni qat’iy va ochiq qo‘llab-quvvatlagan, tadbirkorni so‘roq qilgan inspektorga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda iliq fikrlar bildirildi.

«Mazkur manzilda tadbirkor hududni o‘rab olish ishlarini boshlagan vaqtida kapitan Azimjon Qudabayev vaziyatga to‘g‘ri baho bergan holda jarayonni o‘z vaqtida to‘xtatib qoldi. Mahalla nozirining bu harakatlari tuman hokimligi, aholi hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi», — deyiladi tuman hokimligi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling