Videodan lavha
Xitoyning Anyang shahridagi zavoddagi yong‘inda kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yong‘in 21-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 atrofida boshlangan. Yong‘inni soat 20:00 ga kelib o'chirishga muvaffaq bo'lishgan.
Yong‘inni o‘chirishga 63 birlik texnika va 240 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar jalb etilgan. Hozirda qutqaruvchilar binoda qolgan odamlarni qidirishni davom ettirmoqda.
Yong‘in kelib chiqishiga nima sabab bo'lganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq, Falastinning G'azo sektorida yuz bergan kuchli yong'in oqibatida 21 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling