Foto: Tez News
Oʻzbekistonda 7-dekabr holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 135 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 3 nafari Fargʻona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 23 nafari Toshkent viloyatida,
- 80 nafari Toshkent shahrida.
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, 6-dekabr kuni holatiga koʻra 157 nafar, 5-dekabr kuni esa 120 nafar odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling