Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Norozilik namoyishlari kuchayganidan so'ng, Pekinda karantin choralari yumshatildi

Tungi klubga kirmoqchi bo'lgan odam 48 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda topshirilgan koronavirus yoʻqligi toʻgʻrisida test natijasini koʻrsatish zarur

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Pekinda 6-dekabrdan koronavirus cheklovlari yumshatildi. Endi poytaxt aholisi supermarket, savdo binolari va ayrim jamoat joylariga borishi uchun PZR-test topshirishi shart emas.

Bundan tashqari, turar-joy binolariga kirish uchun ham PZR talabi berkor qilindi. uylarda doimiy yashaydigan aholi QR-kod orqali maxsus dasturdan ham skaner qilishi ham shart emas.

Shu bilan birga internet-kafe, tungi klublar, trenajyor zallari va umumiy ovqatlanish joylariga kirish uchun koronavirus yoʻqligi toʻgʻrisida test natijasini koʻrsatish zarur. U 48 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda topshirilgan boʻlishi kerak.

"Reuters" maʼlumotlariga koʻra, ertaga, 7-dekabr kuni cheklovlarni yumshatish boʻyicha 10 ta umummilliy chora-tadbirlar eʼlon qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, noyabr oxirida Xitoyning koʻplab shaharlarida COVID cheklovlariga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling