JCH-2022. Argentina Niderlandiyani penaltilar seriyasida magʻlub etib, oʻz yurishini davom ettiradigan boʻldi

Argentina yarim finalda Xorvatiya bilan kuch sinashadi

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Argentina terma jamoasi Qatarda davom etayotgan JCH-2022 chorak final bahsida Niderlandiya ustidan penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi - 4:3. Oʻyinning asosiy va qoʻshimcha boʻlimlari 2:2 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda Molina hisobni ochdi, Messi penaltidan ustunlikni ikkitaga oshirdi. Vegorst Niderlandiya tomonidan kiritilgan ikkita javob toʻpi muallifi boʻldi.

Niderlandiya – Argentina 2:2 (penalti - 3:4)

9-dekabr, 23.59, “Lusail Iconic Stadium”

Gollar: 0:1 – 35 Molina, 0:2 – 73, penaltidan Messi, 1:2 – 83 Vegorst, 2:2 – 90 Vegorst.

Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind (de Yong, 64), de Ron (Kopmeyners, 46), de Yong, Depay (Vegorst, 78), Bergveyn (Bergeys, 46), Gakpo (Lang, 113).

Argentina – Martines, Molina (Montyel, 105), Otamendi, Romero (Pesselya, 78), Martines (Di Mariya, 112), Akunya (Talyafiko, 78), De Pol (Paredes, 66), Mak Allister, Fernandes, Messi, Alvares (Martines, 82).

Penaltilar seriyasi.

1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3

Ogohlantirishlar: Timber (43), Akunya (43), Romero (45), Vegorst (45), Depay (76), Martines (76), Bergeys (88), Paredes (89), Messi (90), Otamendi (90), Bergveyn (90), Skaloni (90), Montyel (109), Pesselya (112).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling