Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida fuqaro chiqindi yig‘ish punktidan topgan snaryadni uyiga olib ketdi, deb xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, 52 yoshli fuqaro zang bosgan buyumni ro‘zg‘orda foydali bo‘lishi mumkin, deb o‘ylagan. Biroz vaqt o'tgach, uni ko'zdan kechirib snaryad ekanligini tushungan va hudud profilaktika inspektoriga xabar bergan.
Voqea joyiga tezkorlik bilan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va viloyat IIB “sapyor” bo‘linmalari yetib borib, mazkur snaryad zararsizlantirish uchun olib ketilgan.
"Uy yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsizligi uchun barcha choralar ko‘rildi. Ichki ishlar organlarining sapyorlari snaryadni zararsizlantirish uchun olib ketishgan", deyiladi rasmiy xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling