Fot: CentralAsia
AQSh Markaziy qo‘mondonligi AQSh Harbiy-havo kuchlari AQSh prezidenti Jo Baydenning buyrug‘i bilan Suriyadagi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga (IRQK) tegishli ekani aytilayotgan nishonlarga zarbalar bergan.
Prezident Baydenning koʻrsatmasi bilan bugun AQSh harbiylari Dayr-az-Zor provinsiyasiga aniq zarbalar berdi”, — deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, "aviazarbalar Eron Islom inqilobi posbonlari korpusiga (IRQK) bilan aloqador guruhlar tomonidan foydalaniladigan infratuzilma obyektlarini nishonga olgan".
Xabarda aytilishicha, prezident “Suriyadagi AQSh fuqarolarini Eronparast guruhlar hujumlaridan himoya qilish uchun” zarbalar berishni buyurgan.
"Qo'shma Shtatlar mojaroga intilmayapti, lekin o'z fuqarolarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko'rishda davom etadi", — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling