Foto: Tez News
2022-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,1 milliard dollarni tashkil etdi, bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 7 milliard dollarga oshgan.
Ma'lum qilinishicha, eksport 12,7 mlrd dollarni (mahsulot – 10,3 mlrd dollar, xizmatlar – 2,4 mlrd dollar), import – 19,4 mlrd dollarni (mahsulot – 17,8 mlrd dollar, xizmatlar – 1,6 mlrd dollar) tashkil etgan.
Eksport bo‘yicha yetakchi 10 ta davlat:
- Rossiya - 1,8 milliard dollar;
- Xitoy - 1,7 milliard dollar;
- Turkiya — 1,1 milliard dollar;
- Qozog‘iston — 884 million dollar;
- Qirg‘iziston – 598 million dollar;
- Afg'oniston - 465 million dollar;
- Tojikiston – 309 million dollar;
- Turkmaniston - 146 million dollar;
- Kanada - 137 million dollar;
- Eron - 108 million dollar
Import bo'yicha 10 ta davlat:
- Xitoy - 4,3 milliard dollar;
- Rossiya — 3,8 milliard dollar;
- Qozog‘iston — 1,9 milliard dollar;
- Koreya — 1,6 milliard dollar;
- Turkiya — 1,1 milliard dollar;
- Germaniya - 649 million dollar;
- Hindiston - 413 million dollar;
- Turkmaniston – 387 million dollar;
- Braziliya - 337 million dollar;
- AQSh - 267 million dollar.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling