Samarqand shahrining "Ipak yo‘li" MFY hududida 4-may kuni soat 23:15 da 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga 2 nafar fuqaro tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur xabarga asosan, aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib kelgan. Natijada 2 nafar fuqaro sog‘-salomat qutqarib olingan.
Ma‘lum bo‘lishicha, fuqarolar yoshi ulug‘ insonlar bo‘lib, dastlab 1 nafari jarlikka tushib ketgan.
So‘ng sherigini qutqarish maqsadida ikkinchi fuqaro ham tushib, qaytib chiqmagan.