Shavkat Mirziyoyevning Qirg'izistonga tashrifi qoldirildi

Prezident 9-dekabr kuni ishchi tashrifi bilan Qirgʻizistonga borishi taxmin qilingan edi

Foto: Prezident matbuot xizmati<br>

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga tashrifi qoldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Qoʻshni mamlakatga boʻlgan tashrif boshqa vaqtga belgilandi. Hozircha aniq sanasi nomaʼlum, lekin bu tashrif dekabr oyining oxirigacha boʻlib oʻtadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni Qirgʻizistonga ishchi tashrifni amalga oshirishi taxmin qilingandi. Xususan, tashrif davomida bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr kuni Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasining ayrim uchastkalari va Kempirobod suv omborini birgalikda boshqarish toʻgʻrisidagi qonunlarni imzolagan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling