Foto: Delovoy Peterburg
Germaniya politsiyasi Usmonovning “Dilbar” yaxtasidan 5 mln yevro qiymatga ega bo‘lgan 30 ta rasmni tortib oldi.
Xabar berilishicha, yaxtaning ichki qismini bezab turgan rasmlar olib ketilgan. Qiymati 5 million yevroga yetishi mumkin bo‘lgan ishlar ekspeditorlik kompaniyasi omborida saqlanadi.
Taxminlarga ko‘ra, ular orasida Mark Chagallning ham rasmlari bo‘lishi mumkin.
Usmonov mulkining ushlab ketilishi Yevropa sanksiyalari bilan bog‘liq deyilmoqda. Shuningdek, Germaniya hukumati Usmonov soliqlarni to'lamagani yuzasidan tergov olib bormoqda: U 2014-yildan beri kamida 555 mln yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamagan bo‘lishi mumkin.
Bunday ayblovga javoban tadbirkorning vakili Alisher Usmonov “qonunga bo‘ysunuvchi va vijdonli soliq to‘lovchi bo‘lib, Rossiyada soliqlarni to‘lab bo‘lgan”, deb javob berdi.
Alisher Usmonov 2016-yilda Germaniyaning “Lyurssen” kemasozlik kompaniyasiga yaxta uchun 600 mln dollar to‘lagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling