Buxoroda o'zganing xonadonidan 7 ming dollar o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Shofirkonda oʻzganing xonadonidan 7 ming dollar oʻgʻirlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, o'g'rilik 5-noyabr kuni soat 18:00 dan 6-noyabr kuni soat 12:30 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida sodir etilgan. Nomaʼlum shaxs oʻzganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shofirkon tumani “Talisafed” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoniga kirgan. Xonadondagi temir sandiqda saqlab kelayotgan 7 ming dollarni talon-toroj qilib, jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilgan. Natijada ushbu jinoyatni tumanning “Joʻynav” mahallasida yashovchi 63 yoshli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o'g'rilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling