Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona deb e'lon qilindi

Ushbu qaror innovatsion, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan

Foto: Uzbekistan travel

Foto: Uzbekistan travel

Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona deb eʼlon qilindi, dedi bugun Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes-forumida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov.

“Navoiy viloyati Qiziloʻrda viloyatining Qarmaqshi va Shardara tumanlari, shuningdek, Qozogʻistonning Turkiston viloyati Shiyeli tumani bilan umumiy chegaraga (620 km) ega. Bugungi kunda mintaqada 40 mingga yaqin qozoq millati vakillari, yaʼni Oʻzbekistondagi eng yirik diaspora yashaydi”, — dedi Normat Tursunov.

Hokimning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili Navoiy viloyati bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 85 mln dollarni tashkil etgan. 2022-yilning 11 oyi davomida bu koʻrsatkich allaqachon 88 mln dollarga yetgan. Shu bilan birga, endilikda 2025-yilgacha tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish vazifasi qoʻyilganini taʼkidladi.

“Hozirda Navoiy viloyatida Qozogʻiston kapitali ishtirokidagi 9 korxona faol ishlamoqda. Qozogʻiston Navoiy kon-metallurgiya kombinati, ”Navoiyazot“, ”Qizilqumsement“ va boshqa yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish imkoniyatiga ega”, — dedi Tursunov.

Tursunov Qiziloʻrda viloyati rahbari Nurlibek Nalibayev bilan birgalikda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hududlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni imzolashini qoʻshimcha qildi. Shuningdek, kelgusi yilda Navoiy va Qiziloʻrda viloyatlari yoshlari oʻrtasida universitetlararo forum oʻtkazish rejalashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling