Namanganda sodir bo'lgan to'qnashuv natijasida Lacetti ag'darilib ketdi

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq

Foto: Namangan viloyati IIB <br>

Foto: Namangan viloyati IIB

Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida svetaforning sariq chirogʻida harakatlangan Lacetti “Volga” avtomashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Toʻqnashuv natijasida Lacetti mashinasi agʻdarilib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmaati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea tuman hududidan oʻtgan 4R-112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 70-kilometrida sodir boʻlgan. Unga koʻra, Namangan-Pop yoʻnalishida ketayotgan “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi svetoforning sariq chirogʻida harakatlanib, xavfsizlikni taʼminlay olmay ichki koʻchadan chiqib kelayotgan “Gaz-2401” rusumli transport vositasiga urilgan.

Foto: Namangan viloyati IIB<br>

Foto: Namangan viloyati IIB

Shundan soʻng, Lacetti haydovchisi rulni chap tomonga burishi oqibatida yoʻlni ikkiga ajratuvchi temir toʻsiqqa borib urilgan va agʻdarilib ketgan.

Maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatida mashinalar texnik shikastlangan. Jarohatlanganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar