Foto: TACC
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi rasmiylaridan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni soʻradi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Oʻzbekiston rasmiylari yevropalik hamkorlari bilan muzokaralarda Usmonovga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishni soʻragan.
Maʼlum qilinishicha, bu cheklovlar tadbirkorning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishiga halaqit qilmoqda. Bundan tashqari, hukumat milliarderga yuridik yordam koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qilgan.
Alisher Usmonovning matbuot kotibi gazetaga bergan intervyusida Oʻzbekiston hukumatining harakatlariga izoh bera olmasligini, biroq sanksiyalar “haqiqatan ham sarmoyaviy va xayriya loyihalariga halaqit berayotganini” taʼkidlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling