Foto: NPR
Prezident Jo Bayden marixuana saqlaganlikda ayblanib qamalgan barcha mahbuslarni afv etish to'g'risida farmon chiqardi.
Qayd etilishicha, bu farmon faqat oz miqdordagi marixuana saqlaganligi uchun aybdor deb topilgan mahbuslarga nisbatan taʼsir qiladi.
AQSh rasmiylarining hisob-kitoblariga ko'ra, Bayden chiqargan farmonga muvofiq marixuana saqlaganlik uchun federal sudlangan 6500 ga yaqin fuqaro avf etilishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, Vashington va yana 19 ta shtatda marixuana qonuniy hisoblanadi. Shuningdek, 37 shtatda va AQShning uchta hududida undan tibbiyot yoʻlida foydalaniladi.
Biroq, marixuana federal darajada, hatto qonuniy ravishda sotib olinishi va ishlatilishi mumkin bo'lgan katta shtatlarda ham noqonuniy oldi-sotdi ishlari koʻpaymoqda.
Xabarda aytilishicha, mahbuslarni avf etish jarayoni noyabr oyida boʻlib oʻtadigan Kongressga oraliq saylovlardan bir oy oldin boʻlib oʻtadi, bu esa Vashingtonda Bayden vakolatining soʻnggi ikki yilidagi kuchlar muvozanatini belgilab beradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling