Foto: Instagram
Yaqinda bloger “Leo 17” oʻz intervyusida Toshkentda yashashga tayyor emasligini maʼlum qildi. Suhbatdoshlar, agar unga qimmatbaho kvartira berilsa, poytaxtda qolishi mumkin yoki yoʻqligi haqida savol berishdi.
“Tasavvur qiling, sizga eng yaxshi kvartira va 10 mln dollar taklif qilindi. Lekin bu uchun siz Toshkentda qolishingiz kerak boʻladi”, — deb taklif qilishgan blogerga.
Ajablanarlisi shundaki, qiz bu taklifni hatto oʻylab ham koʻrmagan va darhol bunga rad javobini bergan.
”Bu mablagʻ bilan Toshkentning 20 foizini sotib olishingiz mumkin, bu yerda Balini qurishingiz mumkin", — deya davom etdi jurnalist.
Biroq, Leo bunga javoban sayohat qilishni judayam yaxshi koʻrishini, agar sayohat qilmasa aqldan ozishini aytgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling