O'zbekistonga yil boshidan buyon qancha sayyoh kelgani ma'lum qilindi

Ma'lum qilinishicha, eng ko'p sayyohlar Qirg'iziston  respublikasidan tashrif buyurgan

Foto: Yuz.uz<br>

Foto: Yuz.uz

Joriy yilning yanvar-senyabr oylarida 3,6 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O'zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat Statistika qo'mitasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 million nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan. Tashriflar quyida davlatlar kesimida taqdim etiladi.

Qozog‘iston – 1 million 76,2 ming nafar;

Qirg‘iziston – 952,1 ming nafar;

Tojikiston – 950,3 ming nafar;

Rossiya – 395,1 ming nafar;

Turkiya – 53,3 ming nafar;

Janubiy Koreya – 13,3 ming nafar;

Germaniya – 13,5 ming nafar;

AQSH – 9,8 ming nafar;

Hindiston – 9,3 ming nafar;

Fransiya – 8,3 ming nafar;

Ozarbayjon – 7,3 ming nafar;

Isroil – 8,4 ming nafar;

Buyuk Britaniya – 7,7 ming nafar;

Italiya – 5,9 ming nafar;

Ispaniya – 4,3 ming nafar.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling