Foto: news18com
21-avgustda bo'lgan Fransiya va Ispaniya futbol chempionatlarida o'zgacha rekordlar qayd etildi.
PSG Fransiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Lill"ga qarshi o'yinda birinchi daqiqadayoq hisobni ochdi. Gol uchrashuvning 7-sekundida Mbappe tomonidan urildi va bu Fransiya tarixidagi eng tezkor golga aylandi.
Messi tomonidan berilgan pasni Mbappe birinchi teginishdayoq darvoza to'riga joylab qo'ydi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda Mbappe 3 ta gol urib, klub safidagi het-triklari sonini 9 taga yetkazdi va bu borada yetakchiga aylandi. Avvalgi rekord Ibragimovichga tegishli edi (8 ta).
Ispaniya chempionati 2-turidan o'rin olgan Barselona va Real Sosyedad o'rtasidagi uchrashuvning 1-daqiqasida Levandovskiy tomonidan hisob ochildi. 21-avgust kuni Levandovskiyning tug'ilgan kuni edi. Levandovskiy bu uchrashuvda dubl qayd etib, tug'ilgan kunida dublga erishgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling