O'zbekistonda ikkilamchi bozordagi "inomarka" narxlari — haftalik ma'lumot

Bu bo'limda siz har hafta Sergeli avtomobil bozorida sotilayotgan xorijiy avtomobillar haqida ma'lumot olishingiz mumkin

Foto: Repost.Avto

Foto: Repost.Avto

O‘zbekistonda yildan-yilga xorijiy avtomobillar soni ortib bormoqda. Bu mashina ixlosmandlarining xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi, mos ravishda ularning bir qismi Sergeli avtomobil bozorida ham sotiladi.

BMW X5 E70

Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto

Ushbu "11 yoshli nemis" bir qancha xususiyatlarga ega. Mashinada uch litrli 306 ot kuchiga ega benzinli dvigatel mavjud. Uning maksimal tezligi 235 km/soatni tashkil etadi va yuz tezlikka erishish uchun atiga yetti soniya yetarli bo'ladi.

Mashina yaxshi holatda. Yurgan masofasi 279 ming kilometrni tashkil etadi. Mashina egasi o'zining "toychog'i" uchun 31 ming dollar narx belgilagan.

BMW X6

Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto

BMW X6 ishlab chiqarilganiga12 yil bo'lgan. U 555 ot kuchiga ega 4,4 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Uning maksimal tezligi 250 km/soatni tashkil etadi va yuz tezlikka erishish  uchun mashina 4,7 soniya sarflaydi.

Ushbu "monster" juda yaxshi holatda. Uning bosib o'tgan masofasi 149 ming km va narxi 35 ming dollarni tashkil qiladi.

Venucia Star

Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto

Bu "xitoylik"ni kamsitishga shoshilmang, chunki u mukammal texnik xususiyatlarga ega. Gibrid 190 ot kuchiga ega 1,5 litrli benzinli dvigatel, shuningdek, 48 voltli akkumulyator bilan jihozlangan. Maksimal tezlik 240 km/soat, yuz tezlikka erishish esa 8,8 soniya.

Mashina a'lo holatda. Uning bosib o'tgan masofasi 6 ming km. Mashina uchun bozorda 37 ming dollar so‘rashmqda.

Chevrolet Traverse

Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto
Foto: Repost.Avto

Chevrolet Traverse 2021-yilda chiqarilgan. Uning xususiyatlari hayratlanarli. Mashina 318 ot kuchiga ega 3,6 litrli benzinli dvigatel bilan jihozlangan. U to'qqiz pog'onali avtomat, maksimal tezligi 190 km/soat va yuz tezlikka erishish vaqti - 7,6 soniya.

Avtomobil qulay haydashga qaratilgan ko'plab funktsiyalar bilan jihozlangan. Uning holati a'lo darajada. Narxi 58 ming dollar bo'lgan ushbu mashina 41 ming km yo'l bosgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling