Foto: Sputnik
Belarus Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo boʻlish jarayonini tezlashtiradi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenko Belarusning yangi tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynikni vazirlik xodimlariga tanishtirayotganda SHHTga integratsiyalashuv jarayonini “maksimal faollashtirish” zarurligini aytgan.
“Alohida eʼtibor asosiy hamkorimiz boʻlmish Rossiya va MDH, YEOII, SHHT va boshqa integratsiya tuzilmalari bilan integratsiya masalalariga qaratilishi kerak. Ishtirokimiz mavjud boʻlgan tashkilotlarda manfaatlarimizni himoya qiling. Shuningdek, SHHTga qoʻshilish jarayonini maksimal darajada faollashtiring”, — deydi Golovchenko.
Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Belarus tashqi ishlar vazirligining kollektiv Gʻarb bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalari soni qisqarishi, MDH davlatlari va Xitoydagi elchixonalarniki esa kuchayishi zarur.
Maʼlumot uchun, Belarus SHHTga aʼzo boʻlish uchun 15-iyul kuni ariza topshirgan. Qoʻshilish jarayoni rasman sentyabr oyining oʻrtalarida boshlangan. Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston SHHTga aʼzo maqomiga ega.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling