Foto: Videodan kadr
Fargʻona va Samarqand viloyatlari aholisi boshpanasiz hayvonlarni tutish xizmatlarining ularga jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda “OʻZJ Mehr va Oqibat” Telegram kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan “OʻZJ” nodavlat notijorat tashkilotining call-markazlariga Fargʻona va Samarqand viloyatlari fuqarolari tomonidan murojaatlar kelib tushgan.
“Fuqarolar bolalar, qariyalar va gʻamxoʻr insonlar oldida “ogʻriq va qoʻrquvdan qichqirayotgan” hayvonlarni qoʻlga olishning shafqatsiz usullaridan foydalanishni bas qilishni soʻramoqda”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, bunga oʻxshash murojaatlar Navoiy, Nukus, Buxoro, Xorazm, Namangan, Qarshi, Olmaliq, Angren, Ohangaron va boshqa koʻplab hududlardan ham bir necha bor kelib tushgan.
Xabarga koʻra, koʻngillilar ishchilarni va butun tuzoq tizimini oʻzgartirishni soʻragan.
“Bu safar hayratlanarli fotosuratlar paydo boʻldi, ularda, itlar ochlikdan boshqa itlarni yeb qoʻygani aks etgan”, – deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, OʻZJ rahbariyati huquq-tartibot idoralariga ishlarni qonun doirasida hal etishni soʻrab arizalar yuborgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling