"Qamalib chiqqan odamga gaz va svet muammosini ahamiyati bo'lmaydi" — deputat

Uning fikricha, IIB kamerasidan koʻra uyda shamni yorugʻida oʻtirgan yaxshiroq

Foto: Facebook<br>

Foto: Facebook

Namanganlik deputat Muzaffar Jamolutdinovning aytishicha, gaz va svet yoʻqligidan faqat qamoqda oʻtirmaganlar shikoyat qiladi. U bu haqda oʻzining Facebook sahifasida post qoldirdi. Biroq, mazkur post maʼlum vaqtdan soʻng oʻchirib tashlangan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda gaz yoʻqligidan shikoyat qilayotganlarni surishtirib koʻring, birontasi qamalib chiqqan emas. Yaʼni qamalib ozodlikdan mahrum boʻlganlar ozodlik, erkinlik va tinchlikni qadriga shu darajada koʻp yetadiki, gaz svet muammosi ahamiyatsiz boʻladi”, — deydi deputat.

Uning soʻzlariga koʻra, qamalib chiqqan odam qoʻrqqanidan emas, tinchlik va hotirjamlikni qadrini bilganidan gaz svetni muammosini gapirmaydi.

“Tinchlik va hotirjamlik, ozodlik va erkinlik bebaho tenggi yoʻq katta neʼmat”, — deydi Muzaffar Jamolutdinov.

Shuningdek, uning qayd etishicha, IIB kamerasidan koʻra uyda shamni yorugʻida oʻtirgan yaxshiroq.

“Shamda oʻtirsang ham uyingda oʻtir, IIB kamerasida emas. Sovuqda oʻtirsang ham bola chaqangni oldida oʻtir, milliy xavfsizlik kamerasida emas. Metanga navbatda tursang ham mayli UYCHI turmani sanchastida navbatda turma”, — deya qoʻshimcha qilgan u.

Deputatning oʻchirib yuborilgan postiga nisbatan Troll.uz Telegram kanalining muallifi izoh berdi.

“Bu bemorning palatasini internetdan uzing”, — deydi kanal egasi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling