Tramp Afgʻonistondan qo'shinlarni olib chiqilishi AQSh tarixidagi "eng haqoratli" voqea deb atadi

2021-yil yozida AQSh qo'shinlarining Afg'onistondan olib chiqilishi chog'ida 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan

Foto: BBC.com<br>

Foto: BBC.com

Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp Qo'shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib chiqilishini AQSh tarixidagi “eng haqoratli” voqea deb atadi.

"Afg'onistonda roppa-rosa bir yil oldin sodir bo'lgan falokat Qo'shma Shtatlar tarixidagi eng sharmandali voqea bo'ldi", deydi sobiq prezident.

"Biz ketganimiz uchun emas, men ketishga tayyorgarlik ko'rayotgan askarimizni 2 mingga tushirganman", deya qo'shimcha qildi u.

Uning ta'kidlashicha, 2021-yil yozida AQSh qo'shinlarining Afg'onistondan olib chiqilishi chog'ida 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan.

"Bundan tashqari, biz dushmanga 85 milliard dollardan ortiq qiymatga ega dunyodagi eng yaxshi qurollarni berdik. Qanday achinarli! - deydi Oq uyning sobiq rahbari.

Foto: Times News Express<br>

Foto: Times News Express

Qayd etish kerakki, 2021-yil avgust oyi boshida Tolibon afg'on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e'lon qildi.

Avgust oyining so'nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo'lgan Kobul aeroportidan G'arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg'onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.

Shuningdek, 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg'onistondagi qariyb 20 yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling