Armanlar Ozarbayjonning Fransiyadagi elchixonasiga bostirib kirdi — video

Ozarbayjonning Fransiyadagi elchisi ushbu voqeani "Fransiya uchun sharmandalik" deb atadi

Foto: Anadolu<br>

Foto: Anadolu

18-sentyabr kuni Ozarbayjonning Fransiyadagi elchixonasiga arman diasporasi vakillari hujum qildi. Bu haqda Ozarbayjonning Fransiyadagi elchisi Rahmon Mustafoyev o'zining twitter sahifasida ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, elchi ijtimoiy tarmoqlarda voqea haqida yozgan va hujumlar aks etgan videotasvirlarni e'lon qilgan.

"Armanlarni bir chetga surib turaylik, Janob Emmanuel Makron elchixonalarni himoya qilmaydi va bizning xavfsizligimiz bo'yicha fundamental talablarimizni e'tiborsiz qoldirmoqda", - deya qo'shimcha qilgan Mustafoyev.

Shuningdek, u Fransiya rahbari va davlat rasmiylarini harakatsizlikda ayblab, ushbu voqeani "Fransiya uchun sharmandalik" deb atagan.

Shu bilan birga, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ham arman hamjamiyatining ushbu harakatlarini qoraladi.

"Biz arman guruhlarning ushbu harakatlarini keskin qoralaymiz va tegishli mamlakatlarda bunday provokatsiyalarning oldini olishga mas’ul bo‘lgan muassasalardan o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishlarini kutamiz", — deyiladi vazirlik bayonotida.

Unda arman guruhlari tomonidan sodir etilgan harakatlar huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshirilishi talab qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling