O'zbekiston Xitoy bilan 15 milliard dollarlik shartnomalar imzoladi

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashning keyingi yo‘llarini ko‘rib chiqdilar

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

15-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin Samarqandda muzokara o‘tkazdi va unda 15 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning keyingi yo‘llarini har tomonlama ko‘rib chiqishgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Maʼlum boʻlishicha, Xitoy prezidenti O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga rais sifatidagi faoliyatini yuqori baholagan, buning natijasida tashkilotni kengaytirish va uning xalqaro nufuzini mustahkamlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilingan.

Shuningdek, oliy darajadagi tashrif doirasida 15 ta hujjat imzolandi. Shu jumladan:

– “Yashil” taraqqiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– Raqamli iqtisodiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida memorandum;

– Foydali qazilmalarni o‘zlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– Qurilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– 2022—2025-yillarda madaniy almashinuv dasturi;

– Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;

– Toshkent viloyati va Chunsin megapolisi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;

– Buxoro viloyati va Yunnan provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;

– Buxoro va Kunmin shaharlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.

Shu bilan birga, tadbir yakunlari bo‘yicha savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik sohasida umumiy qiymati 15 milliard dollarlik ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.

Muzokaralar yakunida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Shavkat Mirziyoyevni Xitoyga javob tashrifi bilan kelishni taklif qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling