O'zbekiston Fransiya kompaniyasidan 17 ta samolyot sotib oladi

“Silk Avia” aviakompaniyasi uchun 100 mln yevroga “ATR 72-600” samolyotlari yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan

Oʻzbekiston Fransiya kompaniyasidan 17 ta samolyot sotib oladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston “Airbus” kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, 694,3 mln yevroga 8 ta “Airbus A-320 NEO” va 4 ta “Airbus A-321 NEO”, shuningdek, 21 mln yevroga 2 ta “Airbus N145” vertolyotlari sotib oladi.

Bundan tashqari, “Silk Avia” aviakompaniyasi uchun 100 mln yevroga “ATR 72-600” samolyotlari yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling