"O'zbekiston temir yo'llari" kompaniyasi "Hayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasi bo‘yicha izoh berdi

Afg'oniston bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi

Termiz shahrida 5-6 dekabr kunlari "O'zbekiston temir yo'llari" va Afg'oniston temir yo'l boshqarmasi vakillari o'rtasida 2023-yilga mo'ljallangan "Xayraton – Mozori-Sharif" temir yo'l uchastkasidan foydalanish bo'yicha muzokaralar bo'lib o’tdi.

Kompaniya axborot xizmati ma’lumotlariga ko’ra, muzokaralar yakunida Afg'oniston hududidagi temir yo‘llarga xizmat ko‘rsatish (ekspluatatsiya)da ishtirok etish uchun afg'onistonlik mahalliy texnik xodimlarini bosqichma-bosqich jalb qilish, amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, Afg'onistondagi temir yo'l uchastkasiga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha qator OAVlar tomonidan asossiz ma'lumotlar tarqatish holatlari bo’lgan. Ammo ular Afg'oniston temir yo'llari rahbari B.Sharafat tomonidan rad etilgan edi.

Jumladan, Termiz shahrida bo'lib o'tgan ikki tomonlama uchrashuvda Afg'oniston temir yo'llari rahbari bunday bayonotlar bo'lmaganligini ma'lum qildi.

Shuningdek, O'zbekistonning "Sogdiana Trans" ShK bilan muvaffaqiyatli hamkorlik to'g'risida intervyu ham berdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling