Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin yarim finalga chiqdi

Abdusattorov 3 va 4-turda islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarsson mag'lubiyatga uchratdi

Foto: Nodirbek Abdusattorov rasmiy sahifasi

Foto: Nodirbek Abdusattorov rasmiy sahifasi

Nodirbek Abdusattorovning mezbonlar vakili, islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarsson ikki marta magʻlub etib muddatidan oldin yarim finalga chiqdi.

Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Islandiyadagi “World Fischer Random Chess Championship 2022” musobaqasida muddatidan oldin yarim finalga yo'l oldi.

3 va 4-turda Nodirbek mezbonlar vakili, islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi dona surdi va har ikkala partiyada ham gʻalaba qozondi.

Bungacha Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni magʻlub etgan Nodirbek oʻz hisobidagi ochkolar sonini 8 taga yetkazib oldi va guruh bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganda yarim final masalasini hal qildi.

Endi bugun Abdusattorov 5 va 6-tur oʻyinlarini oʻtkazadi. Nodirbek 5-turda Yan Nepomnyashiyga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazsa, 6-turda amerikalik Uesli So bilan oʻyin kutmoqda.

Ikkinchi guruhda Xikaru Nakamura 6 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi. Ikkinchi oʻrindagi Magnus Karlsenda ham shuncha ochko mavjud.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling