Ilon Mask shaxmatchi Garri Kasparovni ahmoq deb haqoratladi

Kasparov Maskning Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha takliflarini tanqid qilgan

Foto: ghail.com

Foto: ghail.com

SpaceX asoschisi Ilon Mask shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Garri Kasparovni ahmoq deb atadi. Kasparov uning Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha bildirgan takliflarini tanqid qilgandi.

“Nimaga odamlar Kremniy vodiysidagi shoxona qasrida o‘tirib olib, Ukrainaga nima qilish kerakligini o‘rgatmoqda”, — degan Kasparov.

Bunga javoban Mask Twitter’da shunday yozgan: “Garri Kasparov shaxmatni mening iPhone’im kabi yaxshi o‘ynasa-da, ammo u baribir ahmoq”.

Shuningdek, Ilon Mask hatto shaxsiy uyi ham yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar