Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Surxondaryoda hamshira ayol farzandining ko'z oldida kaltaklandi

Ikki hamshira o'rtasida shaxsiy adovat tufayli ziddiyatli holat yuzaga kelgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi shifoxonada hamshiraning farzandi oldida kaltaklangani haqidagi video-lavha tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tuman sil kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo‘limi hamshirasining shaxsiy adovati sabab, 18-oktyabr kuni soat tahminan 10:00 lar atrofida ziddiyatli holat yuzaga kelgan.

Ushbu holatga fizioterapiya bo'limi hamshirasining yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati yetkazgan.

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar vaqtincha ishdan chetlashtirildi. Shu bilan birga kaltaklangan hamshira qizining ruhiy holati va sog‘lig‘i mutaxassislar nazoratiga olingan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanayotgani ma’lum qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling