Foto: Prokuratura departamenti
Urganch tumanida hokim o‘rinbosari va uning sherigi bo‘lgan mutaxassis fermer xo'jaligiga yer ajratib berish uchun pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat “Chorvanasl” markazining Urganch tumani yetakchi mutaxassisi fuqaroning fermer xo‘jaligiga tegishli 50 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xo‘jaligi tashkil etib, ushbu yer maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 ming dollar talab qilib, shundan 60 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qo'lga olingan mutaxassis ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari fuqaro nomiga fermer xo‘jaligi tashkil qilish va yer maydoni ajratib berish masalasini hal qilib berish evaziga o‘z xonadonida mutaxassisdan 43 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling