Andijonda fuqaro kombaynga oyoqlari kirib ketishi oqibatida halok bo'ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻrgʻontepa tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimida yotgan Shuhratbek Abduqahhorov vafot etganligi haqida xabarlar tarqalgan. Bosh prokuratura ushbu xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 9-noyabr kuni Sh.Abduqahhorov Jalaquduq tumanida kombaynga oyoqlari kirib ketishi oqibatida olgan jarohati tufayli jonlantirish boʻlimiga olib kelingan. Biroq, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor 10-noyabr kuni vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning oʻlimi kelib chiqish sababini toʻliq hajmda oʻrganib chiqishlik uchun sudga oid komissiyaviy ekspertizasi tayinlangan.

Bundan tashqari, mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan yoki etilmaganligi holati yuzasidan Mehnat xavfsizligi ekspertizasi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling