Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ona-bola yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 23-oktyabr kuni soat 18:00 larda Olmaliq shahrida "Istana" mikroavtobusi yoʻlni belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan 46 yoshli ayol hamda uning 8 yoshli oʻgʻlini urib yuborgan.
Jabrlanuvchilar shifoxonaga olib borilgan. Biroq ular olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Boshqarma haydovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan yoki yo'qligiga aniqlik kiritmagan.