Foto: Videodan lavha
Samarqand viloyati Jomboy tumanida Cobalt va Lacetti ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 2022-yil 25-dekabr kuni soat 18:00 larda M-39 xalqaro avtomobil yoʻlining Jomboy tumani hududidan oʻtgan qismida sodir boʻlgan.
Unga koʻra, asosiy yoʻldan harakatlanib kelgan Lacetti qayrilib olish joyidan burilmoqchi boʻlgan Cobaltʻning yon tomonidan urgan.
Sodir boʻlgan halokat oqibatida Cobalt va Lacettiʻning bir nafardan yoʻlovchilari ogʻir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling