Bir guruh shaxslarning xonadonga bostirib kirib, fuqaroni do'pposlagani yuzasidan IIV ma'lumot berdi

Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda

Videodan lavha

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar boshqa fuqaroning uyiga bostirib kirib, unga tan jarohati yetkazganliklari aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holatga IIV matbuot kotibi munosabat bildirdi.

Maʼlum qilishicha, 2-noyabr kuni 23, 22 va 17 yoshli shaxslar oldindan tanishi boʻlgan 29 yoshli fuqaro bilan oʻzaro ogʻzaki janjallashib qolishgan. Shundan soʻng taxminan soat 21:00 larda ular Shayxontohur tumanidagi jabrlanuvchi istiqomat qilayotgan xonadonga turar joy daxlsizlgini buzib kirib, uni urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur jarayonni 17 yoshli gumonlanuvchi video tasvirga olgan, soʻng ijtimoiy tarmoqlarda "like" yigʻish maqsadida tarqatib yuborgan.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish”) va 142-moddasi (“Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling